Войти
Закрыть

Motta “Real”ga qarshi ECHL o'yinida maydonga tusha olmaydi

---

[b]“PSJ” yarim himoyachisi Tyago Motta “Real” klubiga qarshi kechadigan ECHL 1/8 final bosqichi doirasidagi ilk uchrashuvla maydonga tusha olmaydi.

Bu malumotni parijliklar ustozi Unai Emeri ham tasdiqladi.

“Tyago Motta biz uchun muhim futbolchi. U Franciya Kubogi doirasidagi “Sosho”ga qarshi o'yinda bir necha daqiqa davomida maydonda harakat qildi. Lekin Mottani “Real” bilan bo'ladigan uchrashuvda maydonga tushirishga shoshilmaymiz.

Boisi, bu o'yinning tempi o'ta yuqori bo'ladi. SHu nuqtai nazardan katta tavakkalchilikka yo'l qo'ya olmayman. Oldinda hali uchrashuvlar juda ham ko'p. Mottaning hali foydasi ko'p tegadi”, — dedi Emeri L’Equipe nashriga bergan intervyusida.

Malumot uchun, joriy mavsumda Tyago Motta “PSJ” tarkibida 16ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol kiritishga muvaffaq bo'ldi.



Manba: www.hala-madrid.uz

Комментарии (0)

Добавление комментария

  • Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
?