Войти
Закрыть

Verratti "Real" - PSJ o'yinidagi imkoniyatlar haqida gapirdi

---

PSJ yarim himoyachisi Marko Verrattining fikricha, Parij jamoasi "Real"ga qarshi CHempionlar ligasi 1/8 final uchrashuviga tayyor.

"Biz "Real"ga tayyormiz. Bu mavsumning eng muhim o'yinlaridan biri. Bu futbolchi va muxlislar uchun muhim to'qnashuv. Biz ajoyib stadionda buyuk jamoaga qarshi o'ynaymiz.

Imkoniyatlar teng deb o'ylayman. "Real"da ajoyib futbolchilar yig'ilgan. Ammo bizning tarkibimiz Kilian Mbappe va Neymar kabi mohir futbolchilar bilan kuchaygan", - deydi Verratti.

"Real" hamda PSJ o'rtasidagi ilk o'yin 15 - fevral kuni Toshkent vaqti bilan 00:45 "Santyago Bernabeu" stadionida bo'lib o'tadi.



Manba: www.hala-madrid.uz

Комментарии (0)

Добавление комментария

  • Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
?