Войти
Закрыть

Di Mariya: "Real" bilan o'yin odatiy bahs bo'lmaydi"

---

PSJ yarim himoyachisi Anxel Di Mariya o'z jamoasining "Real"ga qarshi CHempionlar ligasi 1/8 final bosqichidagi imkoniyatlariga baho berdi.

"Biz avvalgi mavsumdan kuchliroq ekanligimizni bilamiz. Maqsadlarimiz katta va ularni amalga oshira olamiz. Biroq CHempionlar ligasida g'olib bo'lish uchun faqat iqtidor emas, balki omad ham kerakligini yaxshi bilamiz. Bu ikki narsasiz turnirda g'olib bo'lish qiyin. 2014 yilda CHempionlar ligasida g'olib bo'lganman, biroq o'shanda "Atletiko"ga qarshi bahsning so'nggi soniyalarida hisobni tenglashtirganmiz. Bunday o'yinlarda omad juda kerak.

"Real" - ajoyib jamoa. Ular CHempionlar ligasida doimo yaxshi o'ynashadi. Bu mamlakat birinchiligi emas, umuman boshqa turnir. "Real" futbolchilari CHempionlar ligasi madhiyasini eshitganidan so'ng, ular umuman boshqa o'yinchilarga aylanishadi. Bu bizga ham tegishli. "Qirollik klubi"ga qarshi o'yin odatiy bahs bo'lmaydi", - deydi Di Mariya.

PSJ va "Real" uchrashuvi 15-fevral kuni Toshkent vaqti bilan 00:45da, javob bahsi esa 6 mart kuni bo'lib o'tadi va birinchi o'yin Madridda o'tkaziladi.

Manba: www.hala-madrid.uz

Комментарии (0)

Добавление комментария

  • Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
?