Войти
Закрыть

Zidan: "PSJ" futbolchilari ehtiyot bo‘lishlari kerak"

---

Real" klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan "Real Sosyedad"ga (5:2) qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Birinchi bo‘lim juda ajoyib bo‘ldi. Biz tezkor gol urdik va raqibga kuchli bosim o‘tkazdik. Almashtirishlar esa keyingi o‘yinni o‘ylagan holda amalga oshirildi. Men juda xursandman.

Siz menga Ronalduning formasi borasida ko‘p savol berardingiz. Bugun u uchta gol urdi. Uning gol urishga bo‘lgan xohishini ko‘rmoqdamiz. Shunday ekan, "PSJ" futbolchilari ehtiyot bo‘lishlari kerak", - deydi Zidan.

Manba: www.hala-madrid.uz

Комментарии (0)

Добавление комментария

  • Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
?