Войти
Закрыть

Varan: "ECHLni ketma-ket uch marta yutish juda qiyin, ammo bunga tayyormiz"

---



Qizlarning siri va raqamlari 18+
Real" imoyachisi Rafael Varan jamoasining CHempionlar ligasida yutish imkoniyatlari haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

1/8 finalda madridliklar "PSJ" vakillariga qarshi maydonga tushadi.

"Chempionlar ligasini ketma-ket ikki marta qo'lga kiritish qiyin, ammo juda ajoyib bo'lgandi, chunki shu kunga qadar bu ishni hech bir jamoa uddalay olmagandi. O'ylashimcha, haligacha biz bu natijaning qiymatini to'liq anglab yetganimiz yo'q. Balki tez orada bu juda ajoyib va chindan ham buyuk natija bo'lganini to'liq tushunib yetarmiz.

Bu mavsumda ham bizda yana bir yangi rekordni o'rnatish imkoniyati bor va bu katta motivatsiya beradi. CHempionlar ligasidada ketma-ket uch marta g'alaba qozonish bu aqlbovar qilmas va fantastik natija. Bizda juda yaxshi jamoa bor va bu ishni uddalay olishimiz mumkin. "Real" uchun bu turnirga nisbatan alohida yondoshuv bor, bu biz uchun juda katta maqsad.

CHempionlar ligasida ketma-ket uch marta g'alaba qozonish juda qiyin bo'lishini yaxshi bilamiz, ammo bunga tayyormiz va yetarli darajada tajribaga egamiz", — deya Varanning so'zlarini keltiradi "Marca" nashri.

Manba: www.hala-madrid.uz

Комментарии (0)

Добавление комментария

  • Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
?