Войти
Закрыть

Ronaldu "PSJ"ga qarshi bahs oldidan nimalar dedi

---

Chempionlar Ligasi 1/8 finali "Real" va "PSJ" uchrashuvi oldidan "Qirollik klubi" hujumchisi Krishtianu Ronaldu fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Madridliklar portugaliyalik yulduzning fikriga ko'ra, parij klubi to'sig'idan o'tishga qodir.

"Bizga ajoyib futbolchilar raqib bo'ladi. "Real Madrid" bu jamoani juda hurmat qiladi. Ammo, bizda boy tajriba bor va biz "Real Madrid"ning kuchli va jipslashgan jamoa ekanini isbotlaganmiz. Keyingi bosqichga chiqish uchun ikkita yaxshi o'yinni o'tkazishimiz lozim", - deb Ronaldu so'zlaridan iqtibos keltirmoqda "Goal" nashri.

Eslatib o'tamiz, "Real" va "PSJ" o'rtasidagi dastlabki bahs 14-fevraldan 15-fevralga o'tar kechasi Toshkent vaqti bilan 00:45da Madriddagi "Santyago Bernabeu" stadionida o'tkaziladi.

Manba: www.hala-madrid.uz

Комментарии (0)

Добавление комментария

  • Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
?