Войти
Закрыть

Anchelotti: "Agar "PSJ" to'sig'idan o'tolsa, "Real"ni..."

---

Italiyalik mashhur murabbiy Karlo Anchelotti Chempionlar Ligasi nimchorakfinalidan o'rin olgan "Real" va "PSJ" o'rtasidagi bahslar haqida o'z fikrini aytdi.

Malumki, mutaxassis har ikkala klubda ham bosh murabbiy bo'lib ishlagan.

"Real" inqirozda deb o'ylash noto'g'ri, chunki men ularning "Valensiya"ga qarshi o'yinini ko'rdim. Balki, futbolchilarda juda ko'p sovrinlarni qo'lga kiritgandan so'ng, ishtiyoq pasaygan bo'lishi mumkin, bu tabiiy hol.

Bundan tashqari, Chempionlar Ligasi "Real" g'alaba qozonishi mumkin bo'lgan yagona musobaqadir. Shu tufayli, Zidan jamoasiga qarshi ehtiyot bo'lib o'ynash kerak. Agar "PSJ" to'sig'idan o'tolsa, "Real"ni to'xtatib qolish oson bo'lmaydi.

"PSJ" tarkibida Neymar va Kilian Mbappe bor, ular ham Chempionlar Ligasida zafar quchishga qodir yigitlar", - deb 58 yoshli mutaxassis so'zlaridan iqtibos keltirmoqda "Football Italia" nashri.

Manba: www.tribuna.uz

Комментарии (0)

Добавление комментария

  • Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
?