Войти
Закрыть

Rud van Nistelroy Ronalduni tabrikladi

---



Qizlarning siri va raqamlari 18+
Real”ning sobiq hujumchisi Rud van Nistelroy Madrid klubi hujumchisi Krishtianu Ronalduni ECHLdagi navbatdagi rekordi bilan tabrikladi.

Portugaliyalik futbolchi “Yuventus” (3:0)ga qarshi bahsda ECHLda ketma-ket 10-uchrashuvda gol urdi va bu boradagi rekord egasi – qatorasiga 9 ta o'yinda gol urgan gollandiyalik hujumchidan o'zib ketdi.

“CHorak final – muhim o'yin. Turnirda 9 ta o'yinda ketma-ket gol urish va bu kabi kuchli raqibga qarshi 10-golni urish, yana qanday gol urish... Ronalduning ikkita goli ham chiroyli chiqdi. Ayniqsa, ikkinchi goli shunchaki bu dunyoda kiritiladigan gollardan emasdi. Bu qadar balandlikdan “qaychi” uslubida gol urish- amalga oshirilishi qiyin bo'lgan ish.

“Manchester Yunayted”ga kelganida u juda yosh edi. Lekin u nimaga erishishini juda yaxshi bilardi va doim “dunyoning eng yaxshi futbolchisi bo'laman”, deya takidlardi.

Dastlab “bu bola yosh, mayli orzuga ayb yo'q” deb tushunardik uning harakatlarini. Ammo mehnatsevarligi va yuksak iqtidori bois u oldiga qo'yilgan maqsadlariga erisha oldi va hozir ham u aynan yuqori darajada o'zini namoyon etmoqda. Bu fantastika”, deydi van Nistelroy.

Manba: championat.asia

Комментарии (0)

Добавление комментария

  • Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
?