Войти
Закрыть

Kroos "PSJ"ning kuchli tomonini aytdi

Real madrid yangliklari



Qizlarning siri va raqamlari 18+
"Real" futbolchisi Toni Kroos Chempionlar Ligasi 1/8 finalidan o'rin olgan "PSJ"ga qarshi bahslarda jamoasining g'alabasiga ishonmoqda.

"Shubhasiz, bu o'yinlarda bizga og'ir bo'ladi, chunki "PSJ" ajoyib jamoadir. Biroq, biz ham anoyi emasmiz. Bu bahslarda maydonga tushishni juda ham istayapman va ishtiyoqim baland.

Hozir "PSJ"ning hujum chizig'i tezkor va juda kuchli. Ular ko'p gol urmoqdalar, ammo biz ham o'z o'yinimizni namoyish qilishga qodirmiz. Bizda ham ajoyib himoyachilar, yarimhimoyachilar, hujumchilar va darvozabon bor. Muhimi o'z kuchimizga, o'z o'yinimizga va g'alabamizga ishonish", – dedi Kroos.

"Real Madrid" - "PSJ" qarama-qarshiligining dastlabki bahsi Madridda Ispaniya vaqti bilan 14-fevral kuni, javob bahsi Parijda 6 mart kuni o'tkaziladi.
Manba www.hala-madrid.uz

Комментарии (0)

Добавление комментария

  • Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
?