Войти
Закрыть

Ronaldu «PSJ»ga qarshi uchrashuvdan keyin nimalar dedi?

Real madrid yangliklari



Qizlarning siri va raqamlari 18+
«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Chempionlar ligasi nimchorak finalida «PSJ»ga qarshi kechgan o'yindan keyin fikrlarini bildirib o'tdi. O'z maydonida o'ynagan Zinedin Zidan shogirdlari o'yinning oxirgi qismida urilgan ikki gol evaziga 3:1 hisobida g'alaba qozondi, portugaliyalik futbolchi dublni rasmiylashtirdi.

«Real» muhim g'alabaga erishdi. Biz o'yinni yaxshi boshlagandik, ammo tez gol o'tkazdi. Lekin bu Chempionlar ligasi, «Real» bu turnirda katta tajribaga ega. Biz o'z futbolimizni namoyish qilishni istagandik. «Real» javob o'yini oldidan yaxshi ustunlikka ega. Biz «PSJ» — kuchli hujum chizig'iga ega xavfli raqib ekanini yaxshi bilamiz. Biz Parijda pressing uyushtirishimiz va to'pni ulardan olib qo'yishga urinishimiz kerak. Chorak final masalasi hali hal bo'lmadi, «Real» Parijda ham «PSJ»ni engishi kerak. Biz o'zimizni xotirjam his qilishimiz uchun raqib maydonida ham gol urishimiz kerak», — deya Ronalduning so'zlarini keltirgan Marca.

Jamoalarning javob uchrashuvi 6 mart kuni bo'lib o'tadi.

Комментарии (0)

Добавление комментария

  • Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
?