Krishtianu to'xtovsiz gol urmoqda. Ronalduning EChLdagi natijalari

Real madrid yangliklari



Qizlarning siri va raqamlari 18+
Dekabr oyida Krishtianu Ronaldu Chempionlar ligasi rekordini o'rnatdi u turnirning guruh bosqichidagi barcha o'yinlarda gol urdi. Ammo Real hujumchisining samaradorlik ko'rsatkichi EChL pley-offida ham davom etmoqda. Portugaliyalik futbolchi 1/8 finalda PSJga qarshi o'yinlarda 3ta gol urdi. Endi Oltin to'pning 5 karra sohibida joriy mavsumdagi 8 o'yinda urilgan 12 gol bor! Taqqoslash uchun, bu mavsumda MYu EChL o'yinlarida 12ta gol urdi, Sevilyada 12, Barselonada 10, Romada 10, Yuventusda 9ta gol.

Ronaldu turnirning avvalgi mavsumlarida qaymoqranglilar jamoasi uchun qanchadan gol urgan?

2009/10 yilgi mavsum 7 gol

Realdagi birinchi mavsumida portugaliyalik futbolchi jamoa bilan 1/8 finalgacha etib borgan, shu bosqichda madridliklar ikki uchrashuv natijasiga ko'ra Lionga mag'lub bo'lgan. Ronaldu turnirning o'sha mavsumida faqat 6 o'yinda qatnashgan (ikki o'yinni u tovonidagi jarohat tufayli o'tkazib yuborgandi) va jami 7 gol urgan. U guruh bosqichida Marselga ikki marta dubl qayd etgan Tsyurix darvozasini ikki marta ishg'ol etgan, ettinchi golni Lionga urgan.

2010/11 yilgi mavsum 6 gol

Keyingi yili Krishtianu Chempionlar ligasida 12 o'yin o'tkazdi. Real yarim finalga chiqdi va Barselonaga duch keldi. Katalonlar jamoasiga qarshi o'yinlarda u gol urmadi, chorak finalda Tottenhemga qarshi har ikki o'yinda bittadan gol urdi. Bundan tashqari u Ayaksga ikkita, Milan va Oserga bittadan gol urgandi.

2011/12 yilgi mavsum 10 gol

Real va Ronaldu yana yarim finalda to'xtatildi, bu safar Bavariya tomonidan. Krishtianu guruh bosqichida ikki o'yinda qatnasha olmadi. U 10 o'yinda 10ta gol urdi. Portugaliyalik futbolchi bu o'yinlarda 4 marta dublga erishdi Lion, TsSKA, APOEL va Bavariyaga qarshi o'yinlarda. U shuningdek, Ayaks va TsSKA bilan bo'lgan o'yinlarda bittadan gol urdi.

2012/13 yilgi mavsum 12 gol

Real yana Chempionlar ligasi yarim finalida yurishini to'xtatdi, Yurgen Klopp boshchiligidagi Dortmundning Borussiyasi bu safar madridliklar yo'lidan chiqqandi. Ronaldu bu mavsumda ham har o'yinda o'rtacha bittadan gol urgandi. Guruh bosqichida u to'rt marta Ayaks darvozasini ishg'ol qildi (Amsterdamda het-trik va Madridda bitta aniq zarba), Manchester Siti va Dortmundning Borussiyasiga bittadan gol urdi. Pley-offda Krishtianudan uning sobiq klubi Manchester Yunayted jabrlandi (ikki marta), u Galatasaroyga (uchta) va Dortmundning Borussiyasiga (bitta) ham gollar urdi.
2013/14 yilgi mavsum 17 gol

Ronalduning Chempionlar ligasidagi eng yaxshi mavsumi! 17 golni urish uchun unga 11 o'yin kifoya qildi. Portugaliyalik futbolchi bu mavsumda Real bilan ilk marta kubokni qo'lga kiritdi, finalda Atletiko mag'lub etildi. Krishtianu turnirni Galatasaroy darvozasiga het-trik qayd etish bilan boshladi, Kopengagen va Yuventus darvozalariga ikkitadan gol urdi. Ikkinchi davrada, javob o'yinlarida ham italyanlar va daniyaliklar darvozalari bir martadan ishg'ol etildi. 1/8 finalda Shalkega qarshi ikki o'yinda ham dubl. Chorak finalda u Dortmundning Borussiyasi darvozasini bir marta ishg'ol etdi, yarim finalda Bavariya darvozasiga ikkita gol urdi, finalda madridlik qo'shnilar yirik hisobda mag'lub etilishini taminladi.

2014/15 yilgi mavsum 10 gol

2015 yilda qaymoqranglilar yarim finalda Yuventus to'sig'idan o'ta olmagandi. Krishtiano 12 o'yinda 10 gol urishga erishgan. U 1/8 finalda Shalkega qarshi javob o'yinidagina dubl qayd etgan, boshqa o'yinlarda bittadan ortiq gol urmagandi. Ronaldu Shalke, Bazel, LudogoreTs, Liverpul, yana Bazelyu va LudogordeTs va nihoyat, Yuventusga qarshi Turinda hamda Madridda kechgan o'yinlarda bittadan gol urgan.

2015/16 yilgi mavsum 16 gol

Chempionlar ligasida Ronaldu uchun yana bir ajoyib mavsum, bu mavsumni finalda Atletikoga qarshi o'yindagi g'alaba bezadi. Portugaliyalik futbolchi 12 o'yinda maydonga tushib, bu o'yinlarning 7tasida maydonni golsiz tark etmadi. U guruh bosqichida Madridda Malmyoga qarshi kechgan o'yinda poker qayd etdi, Shaxtyor va Volfsburgga qarshi uy o'yinlarida 3tadan gol urdi, Malmyo va Shaxtyorga qarshi safar o'yinlarida dubllarni nishonladi, bundan tashqari 1/8 finalda Romaga qarshi o'yinda raqib darvozabonini ranjitdi.

2016/17 yilgi mavsum 12 gol

O'tgan mavsumda Ronaldu 13 o'yinda 12 gol urgan, Real esa yana bir bora Evropaning eng kuchli jamoasi bo'lgandi, finalda Yuventus yirik hisobda taslim etilgan 4:1. Final o'yinida Krishtianu Janluiji Buffon darvozasiga ikki gol yo'llagan. Ungacha esa Bavariyaga chorak finaldagi ikki o'yinda jami 5 gol urgan (dubl va het-trik), yarim finalda Atletiko darvozasini 3 bor aniq nishonga olgan. Qiziq tomoni, u guruh bosqichida sermahsullik ko'rsatmagan, faqat Sporting va Dortmundning Borussiya jamoalariga bittadan gol urgandi.

Ronaldu hisobida endilikda Chempionlar ligasi o'yinlarida Real uchun urilgan 102ta gol mavjud!

(0)

  •      ,
?