Войти
Закрыть

Ronalduning o'z ulug'vorligi haqidagi 10ta balandparvoz gapi

Real madrid yangliklari



Qizlarning siri va raqamlari 18+
«Real» va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronalduning futbol olamidagi buyukligini shubha ostiga olish - bemanilik, tarixdagi eng zo'r futbolchilar safiga kiritmaslik - qiyin ish, biroq, Pele, Maradona va Kroyffdan ustun qo'yishga ham hali juda erta.

Shunday bo'lsa-da, portugaliyalikning fikriga ko'ra, uni hozirdanoq eng buyuk futbolchi deb hisoblash mumkin. U qulay fursat topdi deguncha, bu haqda gapirish imkoniyatini qo'ldan boy bermaydi. Uning o'z ulug'vorligi haqidagi eng balandparvoz gaplaridan namunalar keltiramiz.

«Muxlislar hushtakbozlik qilishmoqda, chunki men - boy, xushbichim va zo'r futbolchiman. Ular menga hasad qilishyapti».

«Atrofimdagilar mening sermahsulligim pasaygani, natijada jamoa natijalari yomonlashgani haqida gapirishmoqda. Bu meni xavotirga solyapti. Agar barcha jamoadoshlarim mening darajamda o'ynaganida, biz birinchi o'rinda bo'lardik».

«Eng sevimli futbolchim - o'zim».

«Ishonchim komil, futbolni sevadigan odamlar meni yaxshi ko'rishadi»

«Jamoam o'yiniga 9 baho qo'yaman, o'zimga esa - 10».

«Chiroyli golim? Agar o'yinim saviyasini hisobga oladigan bo'lsak, bu oddiy hol».

«Men o'z tariximni yozishda davom etyapman, futbol tarixiga o'z sahifamni yozyapman».

«Men dunyoning birinchi, ikkinchi va uchinchi eng yaxshi futbolchisiman».

«Maqsadim - dunyo futbolidagi eng yaxshi futbolchilardan biri bo'lish... yoki eng yaxshi bo'lish».

«Mendan kuchliroq bo'lgan futbolchini ko'rmayapman. Men kabi har tomonlama etuk futbolchi yo'q. Men tarixdagi yaxshi va yomon davrlarning eng yaxshi futbolchisiman».

Комментарии (0)

Добавление комментария

  • Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
?