Zidan Beyl uchun xursand
- 1-04-2018, 16:37
- 202

«G'alaba qozonish har doim qiyin bo'lgan. Hartugul bu o'yinda birinchi goldan keyin o'yinimiz biroz oson kechdi. «Las-Palmas»ga ochko zarur edi, ammo birinchi golni kiritib olganimizdan so'ng ustunlikni qo'lga oldik. Bu biz uchun ajoyib natija — plyus turnir jadvali uchun yana qo'shimcha uch ochko.
Dubl qayd etgan Beyl uchun xursandman, endi yana olg'a intilishimiz zarur. «Yuventus»ga qarshi o'yinda u maydonga tushadimi — ko'ramiz. Uning o'yinlaridan qoniqmoqdaman, hozircha aytishim mumkin bo'lgani shu», — degan Zidan.
Комментарии (0)