Logotip
Bosh sahifaKirishRo'yxatdan o'tish
Reklama:
Telegram kanalimizga marhamat
"Real" Neymar bilan "Barselona"ga ruhiy zarba bermoqchi
.Florentino Peres boshliq "Real" rahbariyati "PSJ"hujumchisi Neymarni unutgani yo'q, deya xabar beradi Marca."Qirollik klubi" rahbariyati jamoa o'yinidan xavotirda, shuning uchun kuchli o'yinchi emas, rostmana yulduzlarni sotib olmoqchi. Shu sababli bir nechta yulduzlar nomi keltirilmoqda, ammo madridliklarning nazdida Neymarga teng keladigani yo'q.Manbaga ko'ra, "Real" kataloniyaliklarning sobiqfutbolchisini 2019 yilning yozida sotib olmoqchi.Braziliyalik futbolchining sotib olinishi muhim strategik qaror sifatida ko'rilmoqda - Madridliklar bu transfer bilan nafaqat o'z tarkibini kuchaytiradi, balki, "Barselona"ga ruhiy zarba beradi."Barselona" bu kabi voqeani 2000 yilda boshdankechirgan. O'shanda Peres "Barselona" yarimhimoyachisi Luish Figuni sotib olgan edi. Bundan tashqari, "Real" marketing borasida muhim masalani hal qilgan bo'lar edi."PSJ" rahbariyati Neymarni har qanday holatda ham sotilmasligini ta'kidlamoqda. Ammo madridliklar Neymarning "Real"ga o'tishga qarshi emasligiga ishonmoqdalar.

← AvvalgiKeyingi →

Ko'rildi: 1161 marta
Izohlar: 4 marta
Sana: 12.01.2018 / 10:48
Saytimizdan ro'yxatdan o'ting va yangilikga fikr bildiring!
Umumiy: 4