Logotip
Bosh sahifaKirishRo'yxatdan o'tish
Marselo to'rtta o'yinga chetlatilishi mumkin
.
“Real” himoyachisi Marselo to'rtta o'yinga diskvalifikatsiya qilinishi mumkin.

Ispaniya chempionatining “Real” – “Levante” (1:1) jamoalari uchrashuvida braziliyalik futbolchi bellashuvning 89-daqiqasida bosh hakam tomonidan qizil kartochkaga loyiq ko'rildi. Hakam Alexandro Ernandes “Real” futbolchisini raqib yarim himoyachisi Jefferson Lermega qo'pol munosabatda bo'lgani uchun shunday qarorga keldi.

Uchrashuv qaydnomasida yozilishicha, Marselo raqibi to'p bilan muomala qilayotgan paytda unga orqasidan kelib zarba bergan. La Liga reglamenti bo'yicha, to'g'ridan to'g'ri qizil kartochka olgan futbolchi ikkita o'yinda maydonga tushmasligi lozim.

Agar tartib-intizom qo'mitasi Marseloning harakatlarini o'ta tajovuzkorona deb topsa, uni to'rtta o'yinga diskvalifikatsiya qilishlari mumkin.

← AvvalgiKeyingi →

Ko'rildi: 804 marta
Izohlar: 26 marta
Sana: 10.09.2017 / 06:49
Saytimizdan ro'yxatdan o'ting va yangilikga fikr bildiring!
1 2 >>
Umumiy: 26
1 2 >>