Logotip
Bosh sahifaKirishRo'yxatdan o'tish
Reklama:
Telegram kanalimizga marhamat
Ronalduning agenti tergovchilarga ko'rsatma berdi
.
«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu manfaatini himoya qiluvchi futbol agenti Jorje Mendesh, futbolchining soliqlarni to'lashdan bo'yin tovlaganligi yuzasidan ochilgan ish bo'yicha ko'rsatma berdi, deb yozmoqda AS.

Portu shahrida tergovchilarning savollariga javob bergan agent o'zi va Ronalduning aybsiz ekanini aytgan. Shuningdek, uning yordamchilari Luis Korreyya va Karlos Osorio ham bu ish yuzasidan ko'rsatma bergan.

Eslatib o'tamiz, Ispaniya soliq idorasi Krishtianu Ronalduni 2011-2014 yillar davomida 14,7 mln evro miqdoridagi soliqni to'lamaganlikda ayblamoqda. Futbolchining o'zi bu borada, shu yilning iyul oyida sudda ko'rsatma bergan edi.

← AvvalgiKeyingi →

Ko'rildi: 456 marta
Izohlar: 2 marta
Sana: 07.12.2017 / 19:55
Saytimizdan ro'yxatdan o'ting va yangilikga fikr bildiring!
Umumiy: 2