Logotip
Bosh sahifaKirishRo'yxatdan o'tish
Reklama:
Telegram kanalimizga marhamat
"Real Madrid" akademiyasi murabbiyi 20-dekabrda yurtimizga tashrif buyuradi.
"Real Madrid" akademiyasi murabbiyi 20-dekabrda yurtimizga tashrif buyuradi.
Mamlakatimizda bolalar futbolini rivojlantirish, futbol maktablarida Evropaning futboli rivojlangan mamlakatlari o'quv-metodikasi asosida ish olib borish, bolalar bilan mashg'ulotlarni yangi uslubda, Evropa andozalariga mos ravishda o'tkazish va shu yo'l orqali yuqori saviyali futbolchilarni tayyorlash maqsadida yurtimizga xorijlik mutaxassislar jalb qilinayotgani haqida avval xabar berib o'tgandik.

Malum qilinganidek, shu yilning 17 dekabr kuni serbiyalik 56 yoshli mutaxassis Zavisha Miloslavlevich poytaxtimizga tashrif buyuradi. Uning mamlakatimizda bolalar futbolini rivojlantirish bo'yicha dasturi O'zbekiston Futbol Federaciyasi rahbariyatiga maqul kelsa, Zavisha Milovslavlevich Andijon, Farg'ona, Namangan viloyatlarida ish olib boradi.

Navoiy, Samarqand, Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlarida bolalar futboli bo'yicha ishlash uchun ispaniyalik mutaxassis Kiko Zuniga (Xose Migel Martiarena) poytaxtimizga taklif etildi. U 20 dekabr kuni yurtimizga tashrif buyuradi. Ispaniyalik mutaxassis ham bolalar futbolini rivojlantirish bo'yicha o'z dasturini O'zbekiston Futbol Federaciyasi rahbariyatiga taqdim etadi. Bu dastur o'rganib chiqilgach, mutaxassisga shartnoma taklif etiladi.

Kiko Zuniga haqida malumot: 1962 yil Ispaniyada tavallud topgan. Futbolchi sifatida "Real Sosedad" klubi safida to'p surib, “Copa del Rey” sovrinini qo'lga kiritgan. Murabbiylik faoliyati davomida "Atletiko" Madrid jamoasining U-13 va U-14 jamoalarini boshqargan va katta natijalarga erishgan. SHuningdek, Kiko Zuniga “Real” Madrid jamoasining Xitoyda joylashgan akademiyasida ham faoliyat yuritgan.

FC_NASAF & Adminstrator

← AvvalgiKeyingi →

Ko'rildi: 318 marta
Izohlar: 2 marta
Sana: 16.12.2017 / 15:19
Saytimizdan ro'yxatdan o'ting va yangilikga fikr bildiring!
Umumiy: 2