Logotip
Bosh sahifaKirishRo'yxatdan o'tish
Jarohat olgan Garet Beyl Uels termasiga chaqirildi
.
Uels terma jamoasi bosh murabbiyi Kris Koulmen JCH-2018 saralashi uchun chaqirilgan futbolchilarni e’lon qildi.

Qizig‘i shundaki, "Real" hujumchisi Garet Beyl jarohat olgan bo‘lishiga qaramay, bu ro‘yxatga kiritildi.
Ro‘yxat quyidagicha:

Darvozabonlar: Ueyn Xennessi ("Kristal Pelas"), Denni Uord ("Liverpul"), Kris Maksvell ("Preston");

Himoyachilar: Ben Devis ("Tottenxem"), Jeyms Chester, Nil Teylor (har ikkalasi - "Aston Villa"), Kris Gyunter ("Reding"), Tom Lokyer ("Bristol"), Eshli Uilyams ("Eventon"), Itan Ampadu ("Ekseter");

Yarimhimoyachilar: Jo Allen ("Stok Siti"), Devid Edvards ("Reding"), Endi King ("Lester), Jo Ledli ("Kristall Pelas"), Aaron Remzi ("Arsenal"), Jonatan Uilyams ("Kristall Pelas"), Devid Bruks ("Sheffild Yunayted");

Hujumchilar: Garet Beyl ("Real"), Marli Uotkins ("Norvich"), Xel Robson-Kanu ("Vest Bromvich"), Sem Vouks ("Sautgempton"), Tom Lourens ("Derbi Kaunti"), Ben Vudbern ("Liverpul").

Eslatib o‘tamiz, Uels JCH-2018 saralashida 6 oktyabr kuni safarda Gruziya, 9 oktyabr kuni o‘z maydonida Irlandiya bilan o‘ynaydi.

← AvvalgiKeyingi →

Ko'rildi: 375 marta
Izohlar: 3 marta
Sana: 29.09.2017 / 12:05
Saytimizdan ro'yxatdan o'ting va yangilikga fikr bildiring!
Umumiy: 3