Logotip
Bosh sahifaKirishRo'yxatdan o'tish
Ronaldu dunyodagi eng tezkor avtomobillardan biriniko'z-ko'z qildi + FOTO
.
Krishtianu Ronaldu ECHL 2-turida "Borussiya"ga qarshi o'zining "Real" tarkibidagi 400-o'yinini o'tkazdi.

Krishtianu nemis klubiga qarshi yubiley o'yinida qayd etgan dublidan keyin yangi superkarini ko'z-ko'z qildi. Yani, u o'zining instagramdagi sahifasiga yangi avtomobili "Bugatti Chiron"ning suratini va videosini joyladi.
.
32 yoshli portugaliyalik instagramga o'g'li bilan birga o'zining avto turargohidan aynan "Bugatti Chiron"da chiqib ketayotgani videosini joyladi. Videoga "Yangi toychoq - Bugatti CHiron", - deb izoh qoldirgan.
.
O'rindiqlariga "CR7" brendining logosi tushirilgan Bugatti CHiron 1.85 million funt sterling turadi.

"Bugatti Chiron" giperkari deyarli 2 million funt sterling turadi. 1500 ot kuchiga ega, 100 km/s tezlikka 2.5 soniyada chiqadi. Maksimal tezligi esa 420 km/s.
.
.
"Real" klubi Ronalduga 400-o'yinni o'tkazgani uchun maxsus futbolka sovg'a qilgan edi.

← AvvalgiKeyingi →

Ko'rildi: 1143 marta
Izohlar: 10 marta
Sana: 29.09.2017 / 16:39
Saytimizdan ro'yxatdan o'ting va yangilikga fikr bildiring!
Umumiy: 10