Logotip
Bosh sahifaKirishRo'yxatdan o'tish
Toni Kroos Germaniya terma jamoasidan chaqiruv oldi
.
Amaldagi jahon chempionlari Germaniya terma jamoasi FIFA kunlarida Irlandiya va Ozarbayjon terma jamoalariga qarshi so'nggi tur uchrashuvlarini o'tkazadi. Terma jamoa ixtiyoriga "Real Madrid" futbolchisi Toni Kroos ham jalb etildi. Shuningdek, mart oyidan beri termaga chaqirilmayotgan "Man Siti" futbolchisi Leroy Sane bu safar Yoaxim Lyov nazariga tusha oldi. Shuningdek, jarohatidan tuzalgan Jerom Boateng 2016-yildan so'ng ilk mart nemislar tarkibiga qaytdi.

Darvozabonlar: Kevin Trapp («PSJ», Fransiya), Bernd Leno («Bayer»), Mark-Andre ter Stegen («Barselona», Ispaniya)

Himoyachilar: Shkodran Mustafi («Arsenal», Angliya), Marvin Plattenxardt («Gerta»), Antonio Ryudiger («Chelsi», Angliya), Mattias Ginter («Borussiya» M), Jerom Boateng, Mats Xummels, Niklas Zyule, Yozua Kimmix (barchasi– «Bavariya»)

Yarimhimoyachilar: Yulian Brandt («Bayer»), Emre Jan («Liverpul», Angliya), Yulian Draksler («PSJ», Fransiya), Leon Goretska («Shalke»),Toni Kroos («Real», Ispaniya), Tomas Myuller, Sebastyan Rudi (ikkalasi – «Bavariya»)

Hujumchilar: Leroy Sane («Manchester Siti», Angliya), Lars Shtindl («Borussiya» M), Sandro Vagner («Xoffenxaym»), Timo Verner («RB Leypzig»), Amin Yunes («Ayaks», Gollandiya).

Murabbiy qaroriga ko'ra jarohatida endi tuzalgan Mesut Ozil va Manuel Noyer bu safargi yig'inni o'tkazib yuboradi.

← AvvalgiKeyingi →

Ko'rildi: 264 marta
Izohlar: 3 marta
Sana: 29.09.2017 / 19:21
Saytimizdan ro'yxatdan o'ting va yangilikga fikr bildiring!
Umumiy: 3