Logotip
Bosh sahifaKirishRo'yxatdan o'tish
"Real" va Uels terma jamoasi murabbiylar shtabi o‘rtasida nizo kelib chiqdi
.
"Real" klubi bilan Uels terma jamoasi murabbiylari shtabi o‘rtasida manfaatlar to‘qnashuvi yuz berdi.

Managing Madrid xabariga ko‘ra, Qirollik klubi ustozi Zayniddin Zidan hujumchi Garet Beylning JCH-2018 saralash o‘yinlarida maydonga tushishiga keskin qarshilik qilmoqda. Klub shifokorlari tashxisiga ko‘ra, futbolchida mushaklarning charchoq alomatlari bor. Agar u dam olmasa, jarohatini yangilab olishi mumkin.

Uels terma jamoasi esa JCH-2018 yo‘llanmasi uchun kurashda Beylning xizmatiga juda ham muhtoj. Ayni paytda uelsliklar D guruhida 14 ochko bilan 2-o‘rinni egallab turibdi. Saralashning so‘nggi 2 turida Uels safarda Gruziya va o‘z maydonida Irlandiya bilan bellashadi.

← AvvalgiKeyingi →

Ko'rildi: 909 marta
Izohlar: 9 marta
Sana: 30.09.2017 / 12:44
Saytimizdan ro'yxatdan o'ting va yangilikga fikr bildiring!
Umumiy: 9