Logotip
Bosh sahifaKirishRo'yxatdan o'tish
"El-klasiko" xavf ostida. "Barselona" boshqa chempionatga o'tib ketishi mumkin
.
Agar Kataloniya Ispaniyadan mustaqil davlat sifatida ajralib chiqsa, «Barselona»ning o'zi aynan qaysi chempionatda to'p surish masalasini ko'rib chiqadi. Bu haqda Kataloniya sport vaziri Jerar Fieras gapirib o'tdi. Uning fikriga bu chempionatlar Angliya, Frantsiya yoki Italiya kabi qo'shni davlatlar ham bo'lishi mumkin.

«Barselona», «Espanol» va «Jirona» bu masalani o'zaro hal qilib olishlari kerak: Ispaniya chempionatida faoliyatini davom ettirishadimi, yoki Italiya, Frantsiya yoki Angliya chemipionatlaridan birini tanlashadimi.

UEFA bir jamoaning o'z milliy chempionatida emas, boshqa mamlakat chempionatida ishtirok etishiga qarshilik qiladi deb o'ylamayman», — deya Fierasning so'zlarini keltiradi Britaniya tabloidi Mirror.

Amaldorning so'zlariga ko'ra, bunday hech qanday bir fantastik o'ylanadigan jihatlar yo'q. Oddiy misol sifatida Andorraning «Andorra» nomli jamoasi allaqachon Ispaniya chempionatida ishtirok etib kelmoqda. Ular hozir beshinchi divizionda to'p surishmoqda. Boshqa bir misol «Monako». ular FranTsiya chempionatida to'p surishmoqda

Eslatib o'tamiz, 1 oktabr kuni Kataloniyada hududning Ispaniyadan ajralib chiqib, mustaqqil bo'lishini yoqlash yoki rad etish bo'yicha referendum tashkil qilinadi. Ispaniya Konstitutsion sudi ularning qarorini noqonuniy deb topgan, ammo Kataloniya hukumati sudning bu qarorini tan olmayapti.

← AvvalgiKeyingi →

Ko'rildi: 1551 marta
Izohlar: 15 marta
Sana: 30.09.2017 / 15:21
Saytimizdan ro'yxatdan o'ting va yangilikga fikr bildiring!
Umumiy: 15