Logotip
Bosh sahifaKirishRo'yxatdan o'tish
Zidan Beylning jarohati haqida ma'lumot berdi
.
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan Primeroning 7-turida "Espanyol"ga qarshi o‘yindan oldin hujumchi Garet Beylning sog‘ligi haqida gapirib o‘tdi.

Uelslik futbolchi jamoaning so‘nggi mashg‘ulotida qatnashmadi. 26 sentyabr kuni YECHL doirasida "Borussiya"ga (3:1) qarshi bahsda 28 yoshli Beyl paylarining cho‘zilishi oqibatida maydonni biroz ertaroq tark etgandi.

"Bugun barchasi ayon bo‘ladi. Uning paylarida biroz muammolar bor, biroq bu unchalik jiddiy emas. Har doimgidek, kichik muammoni kattalashtirishni istamaymiz", — deydi Zidan.

"Real" — "Espanyol" uchrashuvi 1 oktbyar kuni "Santyago Bernabeu"da Toshkent vaqti bilan 23:45da start oladi.

← AvvalgiKeyingi →

Ko'rildi: 597 marta
Izohlar: 3 marta
Sana: 01.10.2017 / 10:38
Saytimizdan ro'yxatdan o'ting va yangilikga fikr bildiring!
Umumiy: 3