Logotip
Bosh sahifaKirishRo'yxatdan o'tish
«Real» oktyabr oyida barcha o'yinlarni Madridda o'tkazadi
.
"Real"ning oktyabr oyidagi o‘yinlar taqvimi qiziq holatni taqvim etdi. Jamoa bir oy davomida barcha o‘yinlarni Madridni tark etmagan holda o‘tkazadi. Bu vaqt davomida "Qirollik klubi" 5ta o‘yinda ishtirok etadi.

«Madrid» bugun, 1 oktyabr kuni «Santyago Bernabeu»da «Espanyol»ga qarshi maydonga tushadi. Shundan keyin terma jamoalar uchun FIFA kunlari boshlanadi. 14 oktyabr kuni Zidan shogirdlari Madrid yaqinidagi Xetafe shahriga yo‘l olishadi. Oradan 3 kun o‘tib madridliklar «Santyago Bernabeu»da ECHL doirasida «Tottenxem»ga qarshi o‘yinni o‘tkazishadi.

"Qaymoqranglilar" 22 oktyabr kuni o‘z uyida "Eybar"ni qabul qilsa, 24-26 oktyabr kunlari oralig‘ida Ispaniya kubogi doirasida Madridning boshqa jamoasi — «Fuenlabrada»ga qarshi safar bahsida ishtirok etadi.

Faqatgina Ispaniya La ligasining 10-turiga kelib "Real" Kataloniyaga — "Jirona"ga qarshi bahs uchun yo‘l oladi.

«Real»ning oktyabr oyidagi o‘yinlar taqvimi:

1 oktyabr: La liga, 7-tur. «Real Madrid» – «Espanyol»

14 oktyabr: La liga, 8-tur. «Xetafe» – «Real Madrid»

17 oktyabr: ECHL, 3-tur. «Real Madrid» – «Tottenxem»

22 oktyabr: La liga, 9-tur. «Real Madrid» – «Eybar»

24-26 oktyabr: Ispaniya kubogi, 1/16 final. «Fuenlabrada» – «Real Madrid»

← AvvalgiKeyingi →

Ko'rildi: 924 marta
Izohlar: 7 marta
Sana: 01.10.2017 / 12:40
Saytimizdan ro'yxatdan o'ting va yangilikga fikr bildiring!
Umumiy: 7