Logotip
Bosh sahifaKirishRo'yxatdan o'tish
«Real» Iskoning dubli evaziga «Espanyol» ustidan g'alaba qozondi
.
Ispaniya chempionatining 7-turidan o‘rin olgan “Real” – “Espanyol” uchrashuvi yakunlandi.

Unda madridliklar Iskoning dubli evaziga g‘alabani rasmiylashtirishdi.

Dastlab Isko 30-daqiqada Ronalduning uzatmasidan so‘ng yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketib, hisobni ochgan bo‘lsa, 71-daqiqada chamasi 20 metrlardan to‘g‘ri zarba yo‘llab, o‘yinda dubl muallifiga aylandi va shu tariqa “Real”ning o‘z maydonida mavsumdagi ilk g‘alabasiga katta xissasini qo‘shdi.

Ispaniya La-Ligasi, 7-tur.

«Real» – «Espanyol» – 2:0 (1:0)

Gollar: Isko 30, Isko 71.

«Real»: Navas, Ashraf, Varan, Ramos, Nacho, Modrich (Sebalyos 82), Kazemiro, Kroos (Vaskes 69), Isko (Mayoral 90), Ronaldu, Asensio.

«Espanyol»: Pau, Sanches (Granero 69), Lopes, Ermoso, Karikol, Roka (Navarro 46), Darder, Fuego, Xurado (Garsiya 46), Baptistao, Moreno.

Ogohlantirishlar: Nacho 36, Sanches 65, Kazemiro 77.

← AvvalgiKeyingi →

Ko'rildi: 792 marta
Izohlar: 24 marta
Sana: 02.10.2017 / 01:47
Saytimizdan ro'yxatdan o'ting va yangilikga fikr bildiring!
1 2 >>
Umumiy: 24
1 2 >>