Logotip
Bosh sahifaKirishRo'yxatdan o'tish
Reklama:
Telegram kanalimizga marhamat
U barcha sovrinlarni yig'ishtirishda davom etmoqda
.«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Chempionlar ligasi haftasining eng yaxshi futbolchisi bo'ldi. U guruh bosqichining 6-turi yakunlariga ko'ra UEFA rasmiy saytida o'tkazilgan so'rovnomada g'olib chiqqan.

Dortmundning «Borussiya» klubiga qarshi o'yinda gol urgan Ronalduga 41 foiz kishi ovoz bergan.

U «Liverpul» yarim himoyachisi Filippe Koutino (38 foiz)ni ortda qoldirgan. Shuningdek, «Bavariya» xavbeki Korentin Tolisso (8 foiz), «Shaxtyor» yarim himoyachisi Bernard (5 foiz), «Chelsi» xavbeki Eden Azar (3 foiz), «Barselona» hujumchisi Pako Alkaser (2 foiz), «Tottenhem» hujumchisi Son Xin Min (1 foiz) va «Yuventus» yarim himoyachisi Xuan Kuadrado (1 foiz) ushbu so'rovnomada qatnashgandi.

← AvvalgiKeyingi →

Ko'rildi: 762 marta
Izohlar: 2 marta
Sana: 08.12.2017 / 19:06
Saytimizdan ro'yxatdan o'ting va yangilikga fikr bildiring!
Umumiy: 2