Logotip
Bosh sahifaKirishRo'yxatdan o'tish
Karim Benzema jarohatidan qutildi
.
Jamoamiz hujumchisi Karim Benzema o‘tgan oy "Levante"ga qarshi bahsda tizzasidan olgan jarohatidan batamom forig‘ bo‘ldi va u 14 oktyabr kuni La Liganing navbadagi turida “Xetafe”ga qarshi o‘yinda “qirollik klubi”ga yordam bera oladi. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatmoqda.

Aytish lozimki, frantsiyalik hujumchi o‘tgan tur “Espanol”ga (2:0) qarshi bahsda ham maydonga tushishi mumkin edi, biroq jamoa bosh murabbiyi Zinedin Zidan shu kuni tavakkal qilishni istamadi.

Endi Frantsiya terma jamoasiga chaqirilmagan Benzema FIFA kunlaridan foydalanib, o‘z ustida ishlashi kerak.

← AvvalgiKeyingi →

Ko'rildi: 507 marta
Izohlar: 10 marta
Sana: 03.10.2017 / 10:07
Saytimizdan ro'yxatdan o'ting va yangilikga fikr bildiring!
Umumiy: 10