Logotip
Bosh sahifaKirishRo'yxatdan o'tish
Ronaldu: "Futbolda eng muhimi - sovrinlar"
.
«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu "MYU" klubidagi sobiq jamoadoshi Rio Ferdinandga intervyu berdi.

«Futbolda muhim narsa - sovrinlarni yutib olish. Biz yil bo‘yi mehnat qilamiz, ammo hech narsani yutolmasak, tushkunlikka berilamiz. Menga jamoaviy va shaxsiy sovrinlarni yutib olish yoqadi, shuning uchun ham ko‘p mehnat qilaman.

Futboldan tashqarida men uchun muhimi - oilam, do‘stlarim. Men ular bilan baxtiyor bo‘lishga harakat qilaman.

"Real"da o‘zimni eng yaxshi tomonlarimni ko‘rsata oldim. Men yildan-yilga qarab, zo‘r o‘ynadim. Ammo "MYU" klubi ham xotiramga o‘rnashib qolgan. Aynan Manchesterda eng yaxshi futbolchilar bilan birga o‘ynashni o‘rganib oldim. Agar senda iqtidor bo‘lsa va ko‘p mehnat qilsang, buyuk sportchiga aylanasan" - dedi Ronaldu.

← AvvalgiKeyingi →

Ko'rildi: 654 marta
Izohlar: 7 marta
Sana: 03.10.2017 / 20:27
Saytimizdan ro'yxatdan o'ting va yangilikga fikr bildiring!
Umumiy: 7