Logotip
Bosh sahifaKirishRo'yxatdan o'tish
Ispaniya FF prezidenti: “Pike va Ramosning munosabatlari doimgidek”
.
Ispaniya futbol federaciyasi prezidenti Xuan Luis Larrea “Barselona” himoyachisi Jerar Pike haqida gapirdi.

“Pike terma jamoa “lager”ini tark etmaydi. U jamoa bilan birga qoladi. Terma jamoa ichidagi muhit OAVlarda yozilganidek notinch emas. Hammasi joyida. Pike va Ramos o'rtasidagi munosabatlar ham doimgidek joyida. Hech qanday muammo yo'q”, dedi IFF rahbari.

“Barselona” himoyachisi ilgariroq Kataloniyadagi referendum sabab Ispaniya hukumatini tanqid qilib chiqqandi. SHuningdek, Pikening terma jamoadagi sherigi, “Real” sardori Ramos bilan oralarida janjal chiqqanligi haqida xabarlar berilgandi.

← AvvalgiKeyingi →

Ko'rildi: 228 marta
Izohlar: 8 marta
Sana: 04.10.2017 / 07:48
Saytimizdan ro'yxatdan o'ting va yangilikga fikr bildiring!
Umumiy: 8