Logotip
Bosh sahifaKirishRo'yxatdan o'tish
Garet Beyl 1 oyga safga chiqdi
.
«Real» va Uels terma jamoasi hujumkor yarimhimoyachisi Garet Beyl kamida bir oyga safdan chiqdi. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatdi.

Manba bergan xabarga ko'ra, uelslik futbolchi oyoq mushaklaridan jarohat olgan. U bu jarohatni «Borussiya» Dortmundga qarshi EChL uchrashuvi (3:1) vaqtida orttirib olgan.

Oldinroq, Beylning Uels terma jamoasiga JCh-2018 saralash bosqichining Gruziya va Irlandiyaga qarshi uchrashuvlarida yordam bera olmasligi aniq bo'lib ulgurgandi.

Joriy mavsumda Beyl Ispaniya chempionatida beshta uchrashuvda maydonga tushib, 2ta gol kiritishga ulgurgan.

Endilikda 28 yoshli futbolchi Uels terma jamoasiga ikkala o'yinda ham yordam bera olmaydi, shuningdek, Ispaniya chempionatidagi bo'lajak o'yin va «Tottenxem»ga qarshi Chempionlar Ligasidagi baxsni ham o'tkazib yuboradi.

← AvvalgiKeyingi →

Ko'rildi: 339 marta
Izohlar: 9 marta
Sana: 04.10.2017 / 07:48
Saytimizdan ro'yxatdan o'ting va yangilikga fikr bildiring!
Umumiy: 9