Logotip
Bosh sahifaKirishRo'yxatdan o'tish
Valexo o'z imkoniyatini kutmoqda
.
Madridning "Real" klubi markaziy himoyachisi Xesus Valexo hozirda faoliyatidagi eng yaxshi davrlarni o'tkazmayapdi. Mavsum avvalida ispaniyalik futbolchi chap oyog'idan jarohat olib 3 haftaga safdan chiqgan edi. Jarohatidan so'ng esa 20 yoshli futbolchi individual mashqlarga kirishdi va hozircha "Qirollik klubi" qaydnomasiga ham kirishga qinalmoqda.

Endilikda Valexoda optimal formasiga kirib olish uchun 2 hafta vaqt bor. Bu vaqt oralig'ida yosh himoyachi Ispaniya U-21 tarkibida maydonga tushishi mumkin. Yoshlar tarkibida Valexo 2019-yil yoshlar o'rtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etish uchun saralash uchrashuvida Slovakiyaga qarshi o'yinda maydonga tushadi.
H
ozirgi kunda "Real Madrid"da Teo Ernandez, Marselo va Karvaxalning jarohat olganliklarini inobatga olsak, uning maydonga tushish imkoniyatlari oshdi.

← AvvalgiKeyingi →

Ko'rildi: 366 marta
Izohlar: 3 marta
Sana: 04.10.2017 / 17:34
Saytimizdan ro'yxatdan o'ting va yangilikga fikr bildiring!
Umumiy: 3