Logotip
Bosh sahifaKirishRo'yxatdan o'tish
"Real" Karvaxalning kasalligidan xavotirda
.
"Real Madrid" klubi 25 yoshli futbolchi Daniel Karvaxalning kasalligidan tashvishlanmoqda. Shu sababli jamoa bu haqida boshqa yozishni istamaydi.

Leverkuzenning "Bayer" klubidan ortga qaytganidan so'ng Karvaxal klubning muhim futbolchisiga aylandi va hozirgi kunda dunyoning eng kuchli o'ng qanot himoyachilaridan biri. Asosiysi Karvaxal bilan yaqinda amaldagii shartnomani 2022-yilgacha uzaytirilgani bo'ldi. Hozirda "Qirollik klubi" nima bo'lgan taqdirda ham Danini qo'llab-quvvatlaydi va uni safga qaytishini intizorlik bilan kutadi. Shu sababli "qaymoqranglilar" Karvaxalga ortiqcha bosim qilmoqchi emas va shu bilan birga futbolchini to'liq tuzalmaguncha maydonga qaytishini istamaydi.

Karvaxalda aniqlangan yurak infeksiyasi yuqumli bo'lishi mumkin va bu infeksiya yurakni bir maromda ishlashiga to'sqinlik qiladi. Bunday kasalliklar kamdan-kam uchrashi aytilmoqda, shu o'rinda shuni ta'kidlab o'tish kerakki 2010-yilda "Real"ning boshqa bir futbolchisi Ruben de la Red yurak bilan muammosi sabab futbolchilik faoliyatini erta yakunlagan edi.

← AvvalgiKeyingi →

Ko'rildi: 813 marta
Izohlar: 9 marta
Sana: 04.10.2017 / 18:07
Saytimizdan ro'yxatdan o'ting va yangilikga fikr bildiring!
Umumiy: 9