Logotip
Bosh sahifaKirishRo'yxatdan o'tish
Valexo "Qirollik klubi"ga munosib ekanligini isbotlamoqchi
.
Ispaniyalik himoyachi niyati jiddiy va umidini uzishni o'ylamayapti.

Markaziy himoyachi mavsumlar oralig'ida poytaxt jamoasiga kelib qo'shilgandi. CHempionat boshlanib ulgurmay, Xesus Valexo jarohat oldi va uch haftani maydon tashqarisida o'tkazishi malum qilindi. Biroq u to'liq sog'ayib safga qaytishiga undanda ko'proq vaqt kerak bo'ldi. CHap oyoq mushaklarini shikastlab olgan futbolchi ancha vaqtgacha individual tarzda shug'ullanishga majbur bo'ldi va shu sabab, jamoaning o'yin uchun qaydnomalariga ham kiritilmadi.

Ispaniyaga katta umidlar bilan qaytgan futbolchi faoliyatining qiyin damlarini boshdan o'tkazmoqda.

Oldinda Xesus uchun ikki haftadan kamroq vaqt bor. Terma jamoalar o'yinlari sabab yuzaga kelgan tanaffusda u o'zining optimal formasiga kirib olishga urinadi. Bunda u Ispaniya U-21 yoshlar termasiga, yoshlar o'rtasidagi Evropa chempionati-2019 saralashi doirasida Slovakiyaga qarshi o'yinga chaqiruv olgani yaxshi yangilik.

Bularning barchasiga qaramay, Valexo tushkunlikka tushgani yo'q va hamon jamoa bosh murabbiyi Zinedin Zidanga o'z imkoniyatlarini ko'rsatmoqchi, hamda jamoaga kerakligini isbotlamoqchi.

Himoyachilarning bir nechtasi jarohat sabab safdan chiqqanini inobatga olsak, Xesus Valexoni yaqin orada maydonda ko'rsak ajab emas.

← AvvalgiKeyingi →

Ko'rildi: 444 marta
Izohlar: 18 marta
Sana: 04.10.2017 / 22:54
Saytimizdan ro'yxatdan o'ting va yangilikga fikr bildiring!
Umumiy: 18