Logotip
Bosh sahifaKirishRo'yxatdan o'tish
Bu mavsum "Real"ning asosiy "quroli" kimlar?
.
Yakshanba kuni chempionat navbatdagi turida Isko dublga erishdi va "Real"ga "Espanol" ustidan g'alaba qozonishda katta yordam berdi.

SHuning o'zi ham bugungi kunda jamoa uchun yarim himoyachilar qanchalik ahamiyat kasb etishini ko'rsatib bermoqda.

7-tur ortda qolgan bir pallada amaldagi chempion bor yo'g'i 13 ta gol urishga erishdi. Biz o'rganib qolgan hujumkor o'yin namoyish qiluvchi "Qirollik klubi" uchun bu unchalik yaxshi natijas emas. O'sha 13 golning 8 tasini yarim himoyachilar urganidan xabaringiz bormi?
.
Aytib o'tganimiz Iskodan avval, markazning boshqa bir vakili Dani Sebalosning dubli Zinedin Zidan jamoasiga "Vitoriya"da muhim uch ochkoni taqdim qilgandi. Marko Asensio o'zining ikki golini uyda "Valensiya"ga qarshi uchrashuvda kiritishga muvaffaq bo'ldi. Kazemiro va Toni Kroos esa La Liganing birinchi turida "Deportivo"ga qarshi uchrashuvda bittadan gol urishga muvaffaq bo'ldilar.

Bundan kelib chiqadiki, "Real Madrid" raqib himoyachilari nafaqat nomdor hujumchilarga, balki raqib yarim himoyasidagilarga ham alohida etibor berishi lozim, aks xolda natijasi yomon bo'lishi hech gap emas.

Karim Benzema va Krishtianu Ronaldu hali milliy chempionat uchrashuvlarida gol ura olishmadi. Garet Beyl hisobida ikkita gol, Borxa Mayoral va Lukas Vaskes - bittadan gol urishgan.

← AvvalgiKeyingi →

Ko'rildi: 954 marta
Izohlar: 8 marta
Sana: 05.10.2017 / 07:48
Saytimizdan ro'yxatdan o'ting va yangilikga fikr bildiring!
Umumiy: 8