Logotip
Bosh sahifaKirishRo'yxatdan o'tish
«Real»ning sobiq futbolchisi Pikega javob berdi
.
Ispaniya terma jamoasining sobiq himoyachisi Alvaro Arbeloa Jerard Pike bilan bog'liq voqealarga o'z munosabatini bildirdi.

«O'zgacha fikrli insonlarni haqorat qilib, keyin xurmat talab qilish naqadar oson. Shamolni chaqirsang, bo'ronga duch kelasan» deb yozdi Arbeloa tvitter sahifasida.

Malumki, Jerard Pikening Kataloniya mustaqilligi haqidagi fikrlari Ispaniya terma jamoasi muxlislarini junbishga keltirgan va unga qarshi hushtakbozlik qilishgandi. Keyinroq, Pike doim Ispaniya tarkibida to'p surish va sovrinlarni yutish u uchun sharaf bo'lganini aytib, vaziyatni yumshatishga harakat qilayotgan bo'lsa-da, hali taranglik tingani yo'q.

Arbeloa va Pike munosabatlari ham yangilik emas. Ilgari Arbeloa Pike bilan birga «razvedkaga chiqib bo'lmasligini», uning ishonchsiz ekanini aytgan bo'lsa, Pike Arbeloaning mahoratini shubha ostiga olgandi.

← AvvalgiKeyingi →

Ko'rildi: 789 marta
Izohlar: 8 marta
Sana: 05.10.2017 / 17:29
Saytimizdan ro'yxatdan o'ting va yangilikga fikr bildiring!
Umumiy: 8