Logotip
Bosh sahifaKirishRo'yxatdan o'tish
Ramos: "Pike bilan juda yaxshi munosabatdamiz"
.
“Real” va Ispaniya terma jamoasi sardori Serxio Ramosning aytishicha, u terma jamoadagi hamkasbi Xerard Pike bilan yaxshi munosabatda.

Ilgariroq Pike Kataloniya mustaqilligi uchun o'tkazilgan referendumda ishtirok etgani uchun Ramos bilan ziddiyatga borganligi haqidagi xabarlar chiqqandi.

“Barselona”ning Ispaniya termasiga jalb etilgan futbolchilari uchun og'ir hafta bo'ldi. Ammo biz sport bilan siyosatni aralashtirib yubormasligimiz lozim. Men murabbiy va Pike bilan bu borada gaplashib olmagunimcha bu borada OAVda chiqish qilganim yo'q.

Biz ayrim masalalarda ayricha qarashlarga ega bo'lsakda, Pike bilan juda yaxshi munosabatdaman. Har kim o'z fikrini erkin aytish, bildirish huquqiga ega. Ammo biz jamoamiz haqida o'ylashimiz kerak. Biz terma jamoada ajoyib muhit yaratib, o'z o'yinimiz bilan muxlislarni xursand etishimi kerak”, deya Ramosning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Marca nashri.

← AvvalgiKeyingi →

Ko'rildi: 219 marta
Izohlar: 7 marta
Sana: 06.10.2017 / 08:40
Saytimizdan ro'yxatdan o'ting va yangilikga fikr bildiring!
Umumiy: 7