Logotip
Bosh sahifaKirishRo'yxatdan o'tish
Zidan "Real"dagi muammolardan nolidi
.
«Real» bosh murabbiyi Zaynidin Zidan mavsum oldidan hujumchi Alvaro Moratani jamoada qoladi deb hisoblaganini tan oldi. Fransuz mutaxassisi jamoa yozgi transferlar paytida hujumchi qidirib ko'rganini ham takidlab o'tdi.

«Hozirgi tarkibimizga nazar tashlaydigan bo'lsangiz, bizga sof «to'qqizlik» hujumchisi etishmayotganini ko'rishingiz mumkin. Men Morata jamoada qolishini istagandim. Ammo u boshqa jamoa asosiy tarkibida o'ynashni istadi. Bu uning qarori.

Yozgi transferlar vaqtida boshqa hujumchi qidirib ko'rishga harakat qildik. O'tgan mavsumda bizda Morata va Mayoral bor edi. Endi ularning bittasi qoldi. U o'tgan uchrashuvda maydonga tushmadi, ammo chorshanba kuni APOELga qarshi uchrashuv qaydnomasiga kiritiladi. U maydonga tushish uchun chanqoq bo'lib turibdi.

Ronaldu yana safimizga qaytganidan xursandmiz. Krishtianu o'zining atrofidagi turli gap-so'zlarga qaramasdan jismonan va ruhan yuksak sport formasida bo'lib turibdi», –deya Zidanning so'zlarini keltiradi Football Espana.

Eslatib o'tamiz, 13 sentabr kuni «Real» o'z uyida Kiprning APOEL klubini qabul qiladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 23:45da boshlanadi.

← AvvalgiKeyingi →

Ko'rildi: 900 marta
Izohlar: 15 marta
Sana: 13.09.2017 / 12:59
Saytimizdan ro'yxatdan o'ting va yangilikga fikr bildiring!
Umumiy: 15