Logotip
Bosh sahifaKirishRo'yxatdan o'tish
RASMAN: Marselo klub bilan shartnomani uzaytirdi
«Real» himoyachisi Marselo madridliklar safida to'p surishda davom ettiradi.

Braziliyalik futbolchi klub bilan 2022 yilga qadar shartnomani uzaytirdi. Bu haqda madridliklar rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Hozircha shartnoma shartlari malum qilinmagan. Ertaga Marselo ishtirokida matbuot anjumani o'tkazilishi rejalashtirilmoqda.

29 yoshli fulbek jamoa tarkibida 2007 yildan buyon to'p surib kelmoqda. U hozirda jamoaning ikkinchi sardori hisoblanadi.
.

← AvvalgiKeyingi →

Ko'rildi: 225 marta
Izohlar: 9 marta
Sana: 13.09.2017 / 18:40
Saytimizdan ro'yxatdan o'ting va yangilikga fikr bildiring!
Umumiy: 9