Logotip
Bosh sahifaKirishRo'yxatdan o'tish
Marselo nechta o‘yinga diskvalifikatsiya qilingani ma’lum bo‘ldi
.
Ispaniya La Ligasi tartib-intizom qo‘mitasi Madridning "Real" klubi himoyachisi Marseloni ikki o‘yinga chetlatdi.

29 yoshli futbolchi La Liga 3-turidan o‘rin olgan "Levante"(1-1)ga qarshi bahsda Jefferson Lermga qarshi qo‘polligi uchun hakam tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochkaga "loyiq" ko‘rilgan edi.

Bosh hakamning qaydnomasida Marselo to‘psiz bo‘lgan Lermning elkasiga zarba bergani qayd etilgan. Reglamentda esa bunday xodisa yuzasidan 1-3 o‘yinga diskvalifikatsiya qilinishi mumkinligi yozilgan.

Shunday qilib, "Real" bilan 2022 yilga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzolagan Marselo "Real Sosedat" va "Betis"ga qarshi bahslarda jamoasiga yordam bera olmaydigan bo‘ldi.

← AvvalgiKeyingi →

Ko'rildi: 921 marta
Izohlar: 16 marta
Sana: 13.09.2017 / 19:10
Saytimizdan ro'yxatdan o'ting va yangilikga fikr bildiring!
Umumiy: 16