HalaMadrid.Uz
KirishA'zo bo'lish
“Real” yangi ustozi duch keladigan asosiy muammolardan biri...
. Qo‘shdi: admin
. 9 Iyun, 20:00 – . 332

Madridliklar klubi bosh murabbiy borasida hali bir qarorga kelgani yo'q. Bu haqida anchagina mish-mishlar tarqalishga ulgurdi. Bu lavozimga davogarlarning o'ziga yarasha ijobiy va salbiy tomonlari bor. Peres bobo ushbu lavozimga kimni olib kelishiga qarab, “Qirollik klubi” keyingi mavsumda nimalarga erisha olishini tahmin qilish mumkin.Agar blankosning sobiq o'yinchilaridan biri tanlansa (Guti, Yerro, Laudrup), “Real” hozirgidek darajada o'ynashi mumkin. Nomzodni tanlash jamoaviy ruh va erkinlik asosida amalga oshiriladi. Sababi, davogarlarning har biri klub ichki atmosferasini yaxshi biladi va futbolchilar orasida shhziga yarasha hurmatga ega. Mabodo, bosh murabbiy etib Konte yoki Allegri tanlansa, kelgusi yilda himoyada anchagina kuchli o'yinni ko'rishimizga shubha yo'q.Sarri, Venger yoki Pochettino — kombinacion-hujumkor o'yin.Madridning navbatdagi murabbiyi turli yo'llardan borib, o'z yo'nalishini topishi, shuningdek, o'ziga mos o'yinchilarni topishi kerak. Ammo, jamoa bosh murabbiyi etib tayinlangan nomzod “joyini” saqlab qolishni istasa, bir muammoni hal qilishi kerak. Va bu Ronaldu yoki Beyl bilan bog'liq emas.Bu “qaymoqranglilar”ning chap qanot himoyasi bilan bog'liq. Ha, ko'pchilik bu haqida yozgandi va etirozlar ham bo'lgandi. To'g'ri, Marselo pand bermadi. Lekin shunday bo'lishiga qaramay, o'sha muammo hali ham bor... Karvaxal bilan hammasi tushunarli. Agar sog'lig'i joyida bo'lsa, o'ng qanot himoyasidan havotir olmasa ham bo'ladi.Varan va Ramos markaziy himoyadagi asosiy o'yinchilar bo'lib qolaverishadi, agar kutilmagan transfer amalga oshirilib, top darajadagi himoyachi xarid qilinmasa. Ammo shunda ham yangi kelgan futbolchi Varanni birdaniga zaxiraga o'tkazib qo'yishi qiyin (Ramosni asosiy tarkibdan chiqarib yuborishning yaqin vaqtlar ichida umuman iloji yo'q). Kim murabbiy bo'lishidan qatiy nazar, Marseloni olib qolishi aniq. Lekin uning maydondagi harakatlari ham o'zgarishi mumkin. O'tgan mavsumda u 2016/17dagi o'yin darajasini ko'rsata olmadi. Axir uning ham yoshi o'tmoqda...Har ikki sardor ham 30 yoshga yaqinlashib qoldi. Ramos ajoyib himoyachi. Uning “muammosi” bazida juda muhim gollar urishidadir. Hal qiluvchi o'yinlarda u o'zini bosib olgan, nima qilayotganini biladi va kamdan-kam hollarda xatoga yo'l qo'yadi (agar El Klassiko bo'lmasa, albatta).Marseloning yoshi o'tib borayotgani hech kimga sir emas. Uning texnik qobiliyati faoliyatining so'ngigacha eng yaxshi o'yinchilardan biri bo'lishiga yordam beradi. Braziliyalik hech qachon namunali (aynan) himoyachi bo'lmagan. Sababi, u bazida hujumga ko'p etibor qaratib yuboradi va bevosita vazifalari yoddan chiqadi. SHuning uchun ham, Mourino ko'p hollarda Marseloga emas, Koentrauga ishongan. U avval jismoniy kuchi sababli, ayniqsa, muhim o'yinlar vaqtida himoyaga qayta olgan edi. Hozir u hattoki, top bo'lmagan klublarga qarshi bahslarda ham doim ham bexato o'yin ko'rsata olmayapti.Yangi bosh murabbiy shu muammoni hal qilishi kerak. Buning bir nechta yo'li mavjud:1. Marselo ana shunday hujumkor o'ynashda davom etadi. Lekin, Madrid klubi asosiy tarkibidagi 2ta kuchli tayanch yarim himoyachisi bilan o'yin taktikasiga o'tadi. Ammo, ikkinchi futbolchi Kroos emas, masalan, Kazemiro-Kovachich juftligidir.2. Marselo hujumda o'ynaydi. Lekin, “Real” 3ta markaziy himoyachi taktikasiga o'tadi. Marselo esa etiborini hujumga qaratadi.3. Marselo o'yin uslubini o'zgartirib, asosiy vaqtini ximoyaga qaratadi.4. Marselo zaxira o'rindig'iga o'tiradi yoki unga ajratiladigan vaqt sezilarli darajada kamayadi.Agar yuqoridagilarga sinchiklab etibor bersak, birinchi usul qolganlariga qaraganda ancha qiziqroq ekanini sezish qiyin emas. Sababi ushbu variantga qarab, Kroos-Modrich juftligidan kimdir zaxira o'rindig'idan joy egallashini tushunish mumkin. Modrichning ham yoshi o'tib bormoqda. Lekin, kim uni zaxiraga o'tqizib qo'yishi yoki sotib yuborishi (axir shunday gaplar bo'lgandi) mumkin? Bu Kroosga ham taalluqli. U jismonan baquvvat paytida va dangasalik qilmaganida, dunyoning eng yaxshi yarim himoyachilardan biri hisoblanadi. SHu sababli ham, u maydonga tushishi kerak. Agar barcha o'yinchilarni maydonga tushursangiz, hujumda faqatgina 2ta joy qoladi. Bu Madrid tarkibini inobatga oladigan bo'lsak, juda kam. CHunki “Qirollik klubi”da shu bilan birga Isko, Asensio, Vaskes, Ronaldu, Beyl va Benzema bor.Ikkinchi usul boshqa jamoada ish berishi mumkin. Biroq, “Real”da emas. 3ta markaziy o'yinchi — alohida mavzu. Bu hattoki, 3-4-3 sxemada ham ish berishi mumkin. Agar yangi bosh murabbiy taktikani o'zgartirib, 3ta markaziy himoyachini maydonga tushursa va bu reja ish bermasa, u holda uni qay ahvolga solishar ekan a?! Bunga kamdan-kam inson jazm eta olsa kerak. Agar madridliklar kam to'p urib, ammo shu bilan ham g'alaba qozonsa, unda mavsum so'ngida o'sha murabbiyni ham Kapello kabi haydab yubormasliklariga kim kafolat beradi? Bu juda xavfli usul...  Uchinchi usul eng maqbuli. Marselo — “qaymoqranglilarg”ning vice-kapitani va shu sababli u o'ynashi kerak. Ammo 30 yoshli o'yinchi faqat CHempionlar Ligasi finalida emas, doimo masuliyatli bo'lishni uddalay olarmikan?!To'rtinchi usulga ko'ra, braziliyalik yo zaxira o'rindig'iga o'tiradi yoki maydonga tushish vaqti kamayadi. Uning o'rniga esa Teoni maydonga ko'proq  tushurishadi. Bu biroz ayanchli bo'lsa-da, ammo haqiqatda ancha yaqin. Balki Mourino qilgan ishni qaytarib, (Special One asosiy tarkibda Marselo va Koentrauni navbati bilan tushirardi) rotaciyaga murojaat etilsa, bu Madrid foydasiga ishlashi mumkin va Marselo ham doimo yuqori sport formasini ushlab tura olarmidi.“Real” bosh murabbiyi kim bo'lishidan qatiy nazar, braziliyalik bilan bog'liq vaziyatni yaxshilashga harakat qilib, klub uchun eng maqbul qarorni qabul qiladi, albatta. Har qanday vaqtda ham, imkon topa oladigan ajoyib o'yinchini yo'qotishni hech kim istamasa kerak. Ayniqsa vice-sardorni... Biroq, hozirgi ahvoldagi chap qanot himoya bilan yangi erani boshlash mumkin emas.Xo'sh, siz nima deb o'ylaysiz, Marselo bilan bog'liq muammoni qanday bartaraf etish mumkin?Nozima Zaripova tarjima qildi
Fikrlar
Faqat sayt foydalanuvchilari fikrlarni o'qish va fikr bildirish huquqiga ega!
Bosh sahifa
Hozir saytda: 13 (2/11)
© HALAMADRID.UZ – 2018