Logotip
Bosh sahifaKirishRo'yxatdan o'tish
Jamoa tarixi
Mamlakat: Ispaniya
Shahar: Madrid
Jamoa tarkibi: Butun jamoa tarkibi
Ma`lumotlar: Jamoaning to`liq nomi: Real Madrid Club de Futbol
Shahar: Madrid
Jamoa tashkil topgan yil: 1902 yil
Stadion: "Santiago Bernabeo", maydon hajmi 106x66, 1947 yil qurilgan
Stadion sig`imi: 87 000 muhlis
Prezident: Florentino Peres
Bosh murabbiy: Zinedin Zidan
Jamoa manzili: Avenida Concha Espina 1, 28036 (Madrid)
Internet sayti: www.realmadrid.com
Tashkil topishi
"Real Madrid" jamoasi dunyoning yetakchi jamoalaridan biri hisoblanib, FIFA tomonidan XX asrning eng yaxshi futbol klubi deb e`tirof etilgan. Madridning "Real" jamoasi hozrigi kungacha Ispaniya oliy divizionini tark etmagan klub hisoblanib, 1902 yil 6-martda aka-uka Padros va Xulian Palasios tomonidan "Madrid Football Club" nomi ostida tashkil etilgan. 1920 yil 29 iyunda Ispaniya qiroli Alfons XIII jamoaga "Qirollik" nomini bergan bo`lib, ispanchada "Real" degan ma`noni anglatadi. Shu orqali jamoa nomi Real Madrid deb atalgan.

Jamoa futbol tarixida eng ko`p sovrinlarni qo`lga kiritganligi bilan ham ajralib turadi. Hozirgi kungacha jamoa 12 marta Yevropa Chempionlar Ligasi kubogini, 33 marta Ispaniya La Ligasi chempionligini va bir nechta sovrinlarni qo`lga kiritgan bo`lib, bunday natijani hali hech qaysi bir jamoa takrorlay olmagan. Shuning uchun ham jamoa butun yer shari bo`ylab o`z muhlislariga ega bo`lgan, eng mashxur, eng boy jamoa hisoblanadi.

Real Madrid Aksiyadorlik jamiyati maqomiga ega bo`lmagan Ispaniyaning 3 jamoasidan biridir. Jamoa boshqaruvi prezident qo`li ostida bo`lib, prezidentni saylash "socios" (Jamoaga har yili tovon puli to`lab a`zosiga aylanadigan muhlislar) deb nomlangan guruh zimmasidadir. Prezident bo`lib saylangan kishi esa o`zining atrofiga birga faoliyat olib boruvchi kishilar(XUNTO Direktorlar kengashi)ni yig`ib o`z g`oyalarini olg`a suradi. Real Madrid futbol jamoasidan tashqari Real Madrid Basketbol jamoasi (Basketbol akademiyasi bilan birga) ham mavjud bo`lib, yildan yilga Yevropadagi mashxur musobaqalarda qatnashib kelmoqda. Kelajakda esa Real Madrid Regbi jamoasini, ayollar futbol jamoasini va mini-futbol jamoasini tuzish ko`zda tutilgan va klub bu borada izlanishlar olib bormoqda. Shuni ham ta`kidlash kerakki Real Madrid jamoasida to`p suradigan futbolchilar jahon tan olgan yulduzlar hisoblanib, dunyodagi eng mashxur aktyor va qo`shiqchilar bilan bir safda turishadi. Bunga so`ngi yillarda jamoada to`p surgan va to`p surib kelayotgan Luish Figo, Zayniddin Zidan, Ronaldo, Devid Bekxem, Raul Gonsales, Iker Kassillyas, Arien Robben, Kaka`, Krishtiano Ronaldo kabi futbolchilar misol bo`la oladi.