HalaMadrid.Uz
KirishA'zo bo'lish
Yangi mavsumda Ronaldu o'zib ketishi mumkin bo'lgan 4 rekord
. Qo‘shdi: admin
. 12 Iyun, 19:30 – . 315

Portugaliyalik futbolchi "Real" bilan to'rt, "Manchester Yunayted" tarkibida bir marta ECHL sovrinini qo'lga kiritib, futbol tarixida ushbu natijaga ega bo'lgan yagona insonga aylandi."Real"ning so'nggi 5 yilda to'rt marta ECHLda g'olib bo'lishiga hissa qo'shgan inson yangi mavsumda bir necha rekordlardan o'zib keta olishim mumkin."EL KLASIKO"DA ENG KO'P GOL URGAN "REAL" FUTBOLCHISI BO'LIB OLISHRonaldu Messiga qaraganda "El Klasiko"da ko'proq g'alabaga erishgan (10ga 16 g'alaba), biroq u hali "El Klasiko"da eng ko'p gol urgan "Real" futbolchisi emas.Ronaldu barcha turnirlarda "Barselona" darvozasiga 18 gol kiritgan va jamoa afsonasi Alfredo Di Stefano bilan bir xil natija ko'rsatmoqda.CR7 LaLigada 9, Kubokda 5, mamlakat Superkubogida 4 bora raqib darvozasini ishg'ol qilgan. Di Stefano esa Ligada 14, qolgan 4 golni boshqa turnirlarda kiritgan.Messi ayni damda "El Klasiko"da eng ko'p gol urgan futbolchi bo'lib turibdi - 26.ECHL SOVRININI 6-MARTA QO'LGA KIRITISHKrishtianu Ronaldu 2017/18 yilgi mavsum ECHL finalida "Liverpul" ustidan qozonilgan g'alabadan keyin turnir sovrinini eng ko'p qo'lga kiritgan futbolchi bo'lib oldi.Aslida bu borada uning o'zi rekordchi. Agarda u ECHLda yana bir marta turnir g'olibligiga erisha olsa, turnirning yangi erasini ochib beradi. Ronaldu "Real"ning yana bir afsonasi Francisko Gento bilan birgalikda CHempionlar ligasining 6 karra g'olibi bo'lib oladi.ECHL FINALIDA ENG KO'P O'YNAGAN FUTBOLCHIPortugaliyalik futbolchi buzib o'tishi mumkin bo'lgan rekord - ECHL finalida harakat qilishdir.Ronaldu ayni damda italiyalik afsona Paolo Maldini bilan birgalikda ECHL finalida 6 marta harakat qilgan futbolchi bo'lib turibdi.Ronaldu ECHLdagi 6 finalining 5tasida g'alaba qozongan. U faqatgina bir marta, 2009 yilgi finalda "Barselona"ga yutqazib qo'ygan. Agarda u keyingi mavsumda Evropaning klublar o'rtasidagi eng nufuzli turniri finalida harakat qilsa, ECHLning 7 finalida harakat qilgan yagona futbolchiga aylanib oladi.EVROPADA TERMASI UCHUN ENG KO'P URGAN FUTBOLCHIKrishtianu Ronaldu Leo Messidan farqli ravishda milliy terma bilan sovrin qo'lga kiritishga erishgan.Portugaliyalik futbolchi ayni damda milliy termada 81 gol kiritishga muvaffaq bo'lgan. Bu borada u 3-o'rinda ketmoqda. Ikkinchi o'rin vengriyalik futbolchi Ferenc Pushkashga tegishli - 84 gol. Birinchi pog'onani 109 gol bilan Ali Daei egallagan.Ronaldu bu rekordni bir oy ichidayoq buzib o'tishi mumkin. Agarda bunday bo'lmasa, u kelasi yili termadagi gollari sonini 85taga etkaza oladi.Mirjalol Normatov tarjimasi

Manba: CA

Fikrlar
Faqat sayt foydalanuvchilari fikrlarni o'qish va fikr bildirish huquqiga ega!
Bosh sahifa
Hozir saytda: 19 (2/17)
© HALAMADRID.UZ – 2018