-

UEFA "Man Siti" - "Real" o‘yinini o‘tkazish bo‘yicha Brataniya hukumati bilan muzokara boshlaydi

25 iyul, shanba kunidan boshlab Buyuk Britaniya hukumati Ispaniyadan tashrif buyurgan har bir kishi uchun ikki haftalik karantin e’lon qildi. Boisi, Ispaniyada koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yomonlashdi.

Ushbu qaror 7 avgust kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan Yevropa chempionlar ligasi nimchorak final bosqichi doirasidagi "Manchester Siti" va "Real" javob uchrashuvini o‘tkazishga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

"AS" tarqatgan xabarga ko‘ra, UYEFA yakshanba kuni Britaniya hukumati bilan mazkur muammoni hal qilish bo‘yicha muzokara boshlaydi.

Eslatib o‘tamiz, Madridda o‘tkazilgan dastlabki o‘yinda "Siti" 2:1 hisobida g‘alaba qozongan edi. Ushbu juftlik g‘olibi chorak finalda "Lion" — "Yuventus" bahsi g‘olibi bilan to‘qnash keladi.

Manba: www.std.uz


2 0

Murod Obidovich
#HM | JURNALIST
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.