-

PSJ sport direktori Mbappe haqida: "Mbappe - PSJ futbolchisi. Bunday hurmatsizlikka esa ..."

Parij klubi etakchilaridan biri "Real Madrid"dan norozi.

PSJ sport direktori Leonardo Kilian Mbappening "Real Madrid" klubiga o'tishi borasidagi gap-so'zlarga yana to'xtaldi. Avvalroq, "Real" prezidenti Florentino Peres Mbappe transferi 1 yanvargacha hal bo'lishi kerakligi haqida gapirgan, keyin esa aslida boshqa narsani nazarda tutgani borasida tushuntirish bergandi.

"Buni to'xtatish lozim. Ularning harakatlari klub va Kilian uchun hurmatsizlik hisoblanadi. Bundan hurmatsizlikka esa chidab bo'lmaydi.

Mbappe - PSJ futbolchisi. Klub u bilan aloqalar davom etishini tushunib turibdi", -deydi Leonardo.

Avvalroq, Mbappe rostdan ham "Real"ga ketish niyatida bo'lganini, ammo hozir kelajagi borasida bir qarorga kelmagani haqida intervyu bergandi.

Manba: www.championat.asia


1 0

Murod Obidovich
#HM | JURNALIST
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.