-

Kroos Ronaldu haqida: “Krishtianu o‘yinlar natijasini bir o‘zi hal qilgan”

"Real Madrid"ning germaniyalik yarim himoyachisi Toni Kroos "Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronaldu haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Chempionlar ligasining 1/8 bosqichida "Volfsburg"ga mehmonda 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan o‘yinni eslayman. O‘z uyimizda Ronaldu bizni keyingi bosqichga olib chiqdi. Biz 3:0 hisobida g‘alaba qozondik, uchta golni ham Krishtianu kiritgandi.

Men hamma narsani bitta o‘yinchi qildi demoqchi emasman, lekin Krishtianu jamoa safida bo‘lsa, bizda u hamma narsani qiladi degan tuyg‘u bor edi. Ronaldu bizni ko‘pincha jamoani oldinga tortardi. U o‘yinlar natijasini bir o‘zi hal qilgan", - deydi Kroos.

Joriy mavsumda Kroos La Ligada 17 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: www.std.uz


4 0

Murod Obidovich
#HM | JURNALIST
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.