-

Modrich: "Messining ketishi La Liganing obro'siga katta zarba bo'ladi. Ammo..."

 "Real" yarim himoyachisi Luka Modrich Lionel Messining "Barselona"dan ketishi mumkinligi haqida gapirdi.

"Katta yo'qotish bo'ladi, buni Ronalduning "Real"dan ketgani bilan taqqoslasa bo'ladi. Ammo, o'tmish haqida o'ylash mumkinmas. Futbol shunday.

Agar bu ro'y bersa, La Liganing obro'siga katta zarba bo'ladi. Ammo biz oldinga harakat qilishimiz kerak. Uning ketishi boshqa futbolchilarning yulduz bo'lishiga yo'l ochadi.

"Real" Ronaldu ketganidan so'ng ham yashamoqda. Huddi shunday holat Messisiz "Barselona" va La Liga bilan ham bo'ladi", -  deydi xorvat.

Manba: CA


0 0

Murod Obidovich
#HM | JURNALIST
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.