-

Modrich nima uchun Beyl bilan birga golf o‘ynamay qo‘ydi

 Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Luka Modrich jamoadoshi Garet Beyl bilan golf haqida gapirib berdi. Xorvatiyalik futbolchi jamoadoshining sevimli o‘yinini qadrlamadi.

«Uch yil avval bir marta o‘ynagandik. U menda yana golf o‘ynashimni xohlashim yoki xohlamasligimni so‘radi. Men bu o‘yinni uncha yaxshi o‘ynay olmasligimni aytganimda, u qanday qilib o‘ynashni ko‘rsatib berdi.

Men u bilan birga bordim, lekin juda yomon edi. Qaytib bormayman dedim. Beyl juda yomon o‘qituvchi edi. Balki, u yomon o‘rgatgandir, balki shuning uchun taslim bo‘lgandirman», –  dedi Luka.

Beyla golf o‘ynashni juda yaxshi ko‘rishini yashirmaydi. Uelslik futbolchi golf asosiy ishidan ham ustun turishini bir necha marotaba takrorlagan.

Manba: www.std.uz


0 0

Murod Obidovich
#HM | JURNALIST
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.