-

Zidan “Real Sosedad”ga qarshi bahsdagi durangdan so'ng nimalar dedi?

“Real Madrid” ustozi La Liga 1-turi doirasida “Real Sosedad”ga (0:0) qarshi bahsdan so'ng fikrlari bilan bo'lishdi.

“Umuman olganda yaxshi o'yin o'tkazdik. Raqibga hujumda nimadir qila olishiga yo'l bermadik. Birinchi bo'limda o'zimiz vaziyatlar sodir qildik. Ikkinchisida esa bunday qila olmadik. Birinchi bo'limda ustunlik qilgan bo'lsak, ikkinchisida hammasi aksincha bo'ldi.

Nima uchun Kazemiro asosiy tarkibda maydonga tushmadi? Bu faqat ushbu o'yin uchun qaror edi. Edegorning debyutidan mamnunman. Uning tizzasi bilan bog'liq hech qanday muammosi yo'q. Sekin-asta birgalikda uning o'yiniga ham qo'shib boramiz. Bizda hujumlarda aniqlik etishmadi, ammo shunga qaramay xotirjamlikni saqlash kerak”, — deydi Zidan.

Manba: CA


0 0

Murod Obidovich
#HM | JURNALIST
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.