-

Ramos: "Hakam yaxshi ishlashga harakat qildi, biroq holis bo'la olmadi"

"Real" himoyachisi Serxio Ramos "Betis"ga qarshi o'yinda qo'lga kiritilgan g'alabadan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi

"Dastlabki 30 daqiqani juda yomon o'tkazdik, keyinchalik o'zimizga kelib oldik. Biz tezroq hisobni tenglashtirib olsak, barchasi yaxshi bo'lishini bilardik.

Hakamlarning qarorlaridan keyin raqib jamoa futbolchilarida yoqimsiz emociyalar qolib ketishi aniq. Ammo hakam qo'lidan kelganicha qattiq harakat qildi, biroq holis bo'la olmadi. Ko'p vaziyatlarda yanglishdi.

Agarda "Real"ga yana kimdir keladigan bo'lsa, xush kelibsan deyman. Kelmasa ham yomon joyi yo'q, tarkibimiz juda kuchli", - dedi Ramos.

Manba: CA


0 0

Murod Obidovich
#HM | JURNALIST
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.