Uzoq mudatli tanafusdan so'ng davom ettirilgan Ispaniya La Ligasi o'z nixoyasiga yetdi.
Unga ko'ra, turnirda "Real Madrid" chempionga aylandi. Shuningdek, keyingi mavsumda yevrokuboklarda ishtirok etadigan klublar nomi ham ma'lum bo'ldi.

Dastlab musobaqa jadvalining yuqori o'rinlarini bant qilgan, "Real Madrid", "Barselona", "Atletiko" va "Sevilya" keyingi mavsumda Chempionlar Ligasida harakat qilishadi.
Keyingi o'rinlarni egallagan, "Villarreal", "Real Sosedad" va o'z tarixida ilk bor yevrokuboklarda ishtirok etish huquqini qo'lga kiritgan "Granada" ham Yevropa Ligasida ishtirok etadigan bo'ldi.
Malumot o'rnida, "Villarreal" va "Real Sosedad" to'g'ridan to'g'ri yo'llanmani qo'lga kiritgan bo'lsa, "Granada" kvalifikatsiyadan o'tishi kerak bo'ladi.
Chempionatni "Leganes", "Malyorka" va "Espanyol" tark etmoqda. Hozircha Segundadan La Ligaga chiqgan faqatgina bitta klubning nomi aniq. Xullas, Kataloniyaning boshqa bir klubi "Ueska" bir mavsumlik tanafusdan keyin La Ligaga qaytmoqda.
Manba: www.marca.com
La Liga Real Madrid Barselona Atletiko Sevilya Vilyarreal Real Sosedat Granada Leganes Malyorka Espanyol Ueska



Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.